ARCA GROUP PAX A930 RTX onlayn kassa apparatlarini ijaraga olish va bo‘lib to‘lash xizmatlarini yo‘lga qo‘yish orqali biznes uchun yechimlarini kengaytirdi. Yangi xizmatlar tadbirkorlarga onlayn-kassani tezda ulash, to‘lovlarni qabul qilishni boshlash va katta boshlang‘ich sarmoyalarsiz biznesni rivojlantirish imkonini beradi.
Ijara mavsumiy biznes, vaqtinchalik savdo nuqtalari va uskunalarni darhol sotib olishga tayyor bo‘lmagan tadbirkorlar uchun qulay yechim bo‘ladi. Ijara narxi oyiga 160 000 so‘mni tashkil etadi.
Muddatli to‘lov yangi biznes yoki bir vaqtning o‘zida bir nechta savdo shoxobchalarini ochayotgan tadbirkorlarga mo‘ljallangan. Onlayn-kassani oyiga 300 000 so‘m to‘lov bilan 12 oyga sotib olish mumkin.
PAX A930 RTX kassa apparatlari UZCARD, Visa, Mastercard, UnionPay va Discover bank kartalari, shuningdek, TezQR xizmati orqali Click, Payme, Paynet, Alif va boshqa bank ilovalari, shu jumladan HUMO kartalari orqali to‘lovlarni qabul qilish imkonini beradi.
Barcha yechimlar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablariga javob beradi va ARCA GROUP tomonidan ro‘yxatdan o‘tkaziladi, ulanadi hamda texnik qo‘llab-quvvatlanadi.
Bundan tashqari, "Tashvishlarsiz kassa" aksiyasi doirasida tadbirkorlar ro‘yxatdan o‘tish to‘lovisiz onlayn kassani ulab, 3 oy davomida bepul xizmatdan foydalanishlari mumkin, shundan so‘ng to‘rtinchi oydan boshlab xizmat narxi oyiga 100 000 so‘mni tashkil etadi.
“Biz tadbirkorlar bilan doimiy muloqotda bo‘lib, ularning so‘rovlarini o‘rganib turamiz. Ko‘pchilik uchun katta boshlang‘ich mablag‘larsiz ishni boshlash muhim, shuning uchun biz ikkita qulay taklif yaratdik - ijara va bo‘lib to‘lash. Endi har bir mijoz o‘z biznesi ehtiyojlariga eng mos keladigan yechimni tanlashi mumkin" - dedi ARCA GROUP ijrochi direktori Artyom Guziy.
Ijara va bo‘lib to‘lash xizmatlari, shuningdek, ulanish shartlari haqida batafsil ma’lumotni ARCA GROUP’ning rasmiy veb-saytidan - www.arca.uz yoki mijozlarni qo‘llab-quvvatlash xizmatiga +998 (78) 120-23-23 raqami orqali murojaat qilib olishingiz mumkin.
Kompaniya haqida
2019-yildan beri ARCA GROUP butun mamlakat bo‘ylab tadbirkorlarga onlayn kassalarni ulash va ularga xizmat ko‘rsatishda yordam berib, to‘lovlarni qabul qilish uchun ishonchli yechimlarni taqdim etib kelmoqda. Bugungi kunda kompaniyaga 85 000 dan ortiq mijozlar ishonadi, rivojlangan TXKM tarmog‘i esa O‘zbekistonning barcha hududlarida tezkor xizmat ko‘rsatish va texnik qo‘llab-quvvatlashni ta’minlaydi.
